“451-modda. Boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari
Yer uchastkalarini ajratish va ulardan foydalanish, shuningdek yerlarni hisobga olish va davlat yer kadastrini yuritish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-708-son) · Sana: 16.08.2021 · Amalda
Qonunchilikka muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilmagan hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining tasarrufida boʻlgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalaridir.
Boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari belgilangan tartibda davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Jismoniy va yuridik shaxslarga yer uchastkalarini qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun berish faqat boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari hisobidan amalga oshiriladi”;
26) 46-modda:
birinchi qismining:
1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1) qishloq xoʻjaligi kooperativlariga, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga, shuningdek boshqa yuridik shaxslarga — tovar qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini yuritish uchun”;
5 va 6-bandlari chiqarib tashlansin;
ikkinchi va uchinchi qismlari chiqarib tashlansin;
27) quyidagi mazmundagi 461-modda bilan toʻldirilsin:
