“20-modda. Yer uchastkalaridan doimiy foydalanish huquqi
Yer uchastkalarini ajratish va ulardan foydalanish, shuningdek yerlarni hisobga olish va davlat yer kadastrini yuritish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-708-son) · Sana: 16.08.2021 · Amalda
Yer uchastkalari viloyat va Toshkent shahar hokimining qaroriga asosan davlat organlariga, muassasalariga va korxonalariga, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga davlat va jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga beriladi. Yerlarning moʻljallangan asosiy maqsadiga muvofiq:
yaylovlar bilan band boʻlgan yerlar;
sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar — koʻrsatilgan maqsadlarda foydalanish uchun yuridik shaxslarga berilgan yerlar;
tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar;
tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar;
oʻrmon fondi yerlari;
suv fondi yerlari;
qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, yer fondining boshqa toifadagi yerlari foydalanishga berilishi mumkin.
Koʻp kvartirali uy joylashgan yer uchastkasi, shuningdek koʻp kvartirali uyga tutash yer uchastkasi, agar u koʻp kvartirali uydagi joylarning mulkdorlariga boshqacha tarzda tegishli boʻlmasa, viloyatlar va Toshkent shahar davlat hokimiyati organlari tomonidan ushbu mulkdorlarga doimiy foydalanish huquqi asosida umumiy foydalanishga beriladi.
Yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqi belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim”;
13) 22-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
