13-modda. Davlat statistika organlari
Rasmiy statistika toʻgʻrisida (O‘RQ-707-son) · Sana: 11.08.2021 · Amalda
Vakolatli davlat organi, Qoraqalpogʻiston Respublikasining, viloyatlarning va Toshkent shahrining statistika boshqarmalari, tumanlarning (shaharlarning) statistika boʻlimlari davlat statistika organlaridir.
Davlat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari davlat statistika organlarining ushbu Qonunga muvofiq amalga oshirilayotgan faoliyatiga aralashishga haqli emas.
Qoraqalpogʻiston Respublikasining, viloyatlarning va Toshkent shahrining statistika boshqarmalari, tumanlarning (shaharlarning) statistika boʻlimlari mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqil boʻlib, bevosita vakolatli davlat organiga boʻysunadi.
Davlat statistika organlarini moliyalashtirish va ularning moddiy-texnika taʼminoti statistika dasturlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
