10-modda. Statistika kengashi
Rasmiy statistika toʻgʻrisida (O‘RQ-707-son) · Sana: 11.08.2021 · Amalda
Statistika kengashi vakolatli davlat organi huzuridagi rasmiy statistikaning rivojlantirilishi, faoliyat koʻrsatishi va muvofiqlashtirilishi masalalari boʻyicha kollegial maslahat organidir.
Statistika kengashining tarkibi davlat boshqaruvi organlarining, ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining vakillari, shuningdek statistika boʻyicha milliy ekspertlar orasidan tuziladi.
Statistika kengashining tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Vakolatli davlat organining tegishli boʻlinmasi Statistika kengashining ishchi organidir.
