Transport toʻgʻrisida (O‘RQ-706-son) · Sana: 09.08.2021 · Amalda
Transport tashkilotlari va tashuvchilar tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini rejalashtirishi, ularni tashkil etishni hamda moliyalashtirishni amalga oshirishi, atrof-muhitni va yer qaʼrini muhofaza qilish sohasida idoraviy hamda ishlab chiqarish nazoratini olib borishi, atrof-muhitni, yer qaʼrini muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhitga hamda yer qaʼriga eng yuqori yoʻl qoʻyiladigan taʼsirni tartibga soluvchi boshqa mezonlar boʻyicha belgilangan normalarga rioya etilishini taʼminlashi shart.
Transport tashkilotlari va tashuvchilar atrof-muhitga hamda yer qaʼriga yetkazilgan zarar uchun qonunda belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-5563039
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 32-modda. Transport sohasida ekologik normalarni taʼminlash Transport toʻgʻrisida (O‘RQ-706-son). neolex.uz/uz/laws/law-5563048/32 (lex.uz/docs/-5563039)