13-modda. Transport sohasidagi litsenziyalash va ruxsat etish tartib-taomillari
Transport toʻgʻrisida (O‘RQ-706-son) · Sana: 09.08.2021 · Amalda
Transport sohasidagi litsenziyalash va ruxsat etish tartib-taomillari transport xizmatlari isteʼmolchilarining manfaatlarini himoya qilish, transportda xavfsizlikni taʼminlash, ekologik, sanitariya-epidemiologik va boshqa talablarga rioya etish maqsadida amalga oshiriladi.
Avtomobil transportida yoʻlovchilarni shaharda, shahar ichida, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro tashishlar hamda yuklarni xalqaro tashishlar, yoʻlovchilarni va yuklarni temir yoʻl transportida tashishlar transport sohasidagi litsenziyalanadigan faoliyat turlari jumlasiga kiradi.
Transport sohasidagi ruxsat etish tartib-taomillarining turlari qonunda belgilangan tartibda aniqlanadi.
Transport sohasidagi litsenziyalash va ruxsat etish tartib-taomillari qonunda belgilangan tartibda maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
