62-modda. Sudyaning majburiyatlari
Sudlar toʻgʻrisida (O‘RQ-703-son) · Sana: 28.07.2021 · Amalda
Sudya:
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga ogʻishmay rioya etishi;
fuqarolarning huquq va erkinliklari, shaʼni, qadr-qimmati hamda mol-mulki, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlari himoya qilinishini taʼminlashi;
oʻz vakolatlarini amalga oshirishda, shuningdek xizmatdan tashqari munosabatlarda Sudyalik odobi kodeksi talablariga rioya etishi, sud hokimiyati obroʻsini, sudyaning shaʼni va qadr-qimmatini tushirishi yoki uning begʻarazligi, xolisligi va adolatliligiga shubha tugʻdirishi mumkin boʻlgan har qanday xatti-harakatdan oʻzini tiyishi;
korrupsiyaning har qanday koʻrinishlariga va odil sudlovni amalga oshirish boʻyicha faoliyatiga gʻayriqonuniy aralashishga urinishlarga qarshilik koʻrsatishi hamda bunday holatlar aniqlangan taqdirda bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashiga xabar qilishi;
sud protsessi ishtirokchilarini hurmat qilishi;
oʻz malakasini sudyalik vakolatlarini bajarish uchun zarur boʻlgan darajada saqlab turishi;
manfaatlar toʻqnashuvi yuzaga kelgan taqdirda oʻzini oʻzi rad qilishi va sud protsessi ishtirokchilarini xabardor qilishi shart.
Sudya:
sudyalar maslahatlashuvi sirini va yopiq sud majlislarini oʻtkazish chogʻida olingan maʼlumotlarni oshkor qilishga;
senator, davlat hokimiyati vakillik organlari deputati boʻlishga;
siyosiy partiya aʼzosi boʻlishga, uni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlashga, siyosiy partiyalarning tadbirlarida ishtirok etishga, boshqa siyosiy faoliyat bilan shugʻullanishga;
haq toʻlanadigan boshqa faoliyat bilan shugʻullanishga, bundan sudyaning vazifalarini bajarishga toʻsqinlik qilmaydigan pedagogik, ilmiy va boshqa ijodiy faoliyat mustasno;
shaxsan yoki ishonchli shaxslar orqali tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishga, shu jumladan xoʻjalik yurituvchi subyektni boshqarishda, uning tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, ishtirok etishga;
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan chet el banklarida hisobvaraqlar (omonatlar) ochishga va ularga ega boʻlishga, naqd pul mablagʻlarini hamda qimmatliklarni saqlashga. Bunday cheklov sudyaning eriga (xotiniga) va voyaga yetmagan farzandlariga nisbatan ham amal qiladi;
jismoniy yoki yuridik shaxslarning ishlari boʻyicha sudda vakil boʻlishga (qonuniy vakillik hollari bundan mustasno);
