36-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudining sudlov hayʼatlari
Sudlar toʻgʻrisida (O‘RQ-703-son) · Sana: 28.07.2021 · Amalda
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudining sudlov hayʼatlari:
oʻz vakolatlari doirasida ishlarni birinchi instansiya boʻyicha koʻradi;
ishlarni apellyatsiya yoki kassatsiya va taftish tartibida koʻradi;
sud amaliyotini oʻrganadi va umumlashtiradi;
sud amaliyoti obzorlarini tayyorlaydi;
sud statistikasini tahlil qiladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudining sudlov hayʼatlari qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
