35-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi rayosatining vakolatlari
Sudlar toʻgʻrisida (O‘RQ-703-son) · Sana: 28.07.2021 · Amalda
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi rayosati:
sud amaliyotini umumlashtirish va obzorlari, sud statistikasi tahlili materiallarini koʻrib chiqadi;
rais oʻrinbosarlari — sudlov hayʼatlari raislarining sudlov hayʼatlari faoliyati haqidagi maʼruzalarini eshitadi;
tumanlararo, tuman, shahar sudlari raislarining shu sudlar faoliyati toʻgʻrisidagi va qonunchilikni qoʻllash amaliyoti haqidagi maʼruzalarini eshitadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi rayosati qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
