“54-modda. Xalqaro hamkorlik — Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (447-II-son)
“54-modda. Xalqaro hamkorlik
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (447-II-son) · Sana: 13.12.2002 · Amalda
Markaziy bank xalqaro tashkilotlar, chet davlatlarning markaziy banklari hamda bank nazoratining boshqa organlari bilan hamkorlik qiladi va axborot ayirboshlaydi”.
XI. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5–6, 61-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda) 4-moddasining birinchi qismidagi ikkinchi va uchinchi jumlalar chiqarib tashlansin.
XIII. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabr va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9–10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda):
1) 587-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Lizing shartnomasi boʻyicha lizing beruvchi (ijaraga beruvchi) bir taraf lizing oluvchi (ijaraga oluvchi) ikkinchi tarafning topshirigʻiga binoan sotuvchi uchinchi taraf bilan undan lizing oluvchi uchun mol-mulk sotib olish haqida kelishish majburiyatini oladi, lizing oluvchi esa buning uchun lizing beruvchiga lizing toʻlovlarini toʻlash majburiyatini oladi”;
2) 589-moddasining:
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Lizing beruvchi lizing obyektini kimdan olayotgan boʻlsa, shu shaxs sotuvchi deb eʼtirof etiladi”;
toʻrtinchi qismidagi “ishlab chiqaruvchiga”, “ishlab chiqaruvchi” degan soʻzlar tegishli kelishikdagi “sotuvchi” degan soʻz bilan almashtirilsin;
3) 590-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Lizing toʻlovi lizing beruvchining lizing obyektini sotib olish uchun qilgan xarajatlarining hammasi yoki koʻp qismi, shuningdek lizing obyektini yetkazib berish va belgilangan maqsadda foydalanish uchun uni yaroqli holga keltirish bilan bogʻliq boshqa xarajatlari lizing oluvchi tomonidan qoplanishi hamda lizing beruvchining daromadidan iborat boʻladi”;
4) 595-moddasi:
birinchi qismining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mol-mulk yetkazib berilmagan, toʻliq yetkazib berilmagan, muddati kechiktirib yetkazib berilgan yoki uning sifati tegishli darajada boʻlmagan taqdirda, lizing oluvchi, agar shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa”;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Lizing shartnomasi muddatidan oldin bekor qilingan taqdirda lizing oluvchi ilgari boʻnak sifatida toʻlagan pullarini, lizing obyektidan foydalanishdan olgan foydaning qiymatini chegirib tashlab, oʻziga qaytarib berishni talab qilishga haqli”;
5) 597-moddasining:
birinchi qismidagi “foydalanuvchi” degan soʻz “lizing oluvchi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Lizing oluvchi lizing toʻlovlarini toʻlash majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, lizing beruvchi oʻziga tegishi kerak boʻlgan toʻlovlarni foizi bilan olishi mumkin”;
toʻrtinchi qismidagi “muntazam toʻlovlarni” degan soʻz “lizing toʻlovlarini” degan soʻz bilan almashtirilsin.
XVI. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 232-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 78, 217-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda, № 9-10, 82-modda):
1) 5-moddasi birinchi qismining 5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5) savdo, tovarlarni berish va xizmatlar koʻrsatish qoidalariga, shuningdek naqd pul tushumining bankka vaqtida topshirilishiga rioya etilishini tekshirish”;
2) 7-moddasi toʻrtinchi qismining 5-bandi chiqarib tashlansin.
XVIII. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 5-6-songa ilova) 17-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Nikohlanuvchi shaxslar davlat sogʻliqni saqlash tizimi muassasalarida bepul asosda tibbiy koʻrikdan oʻtadilar. Tibbiy koʻrikdan oʻtish hajmi va tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”.
XIX. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 28-avgustda qabul qilingan “Davlat yer kadastri toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 9, 165-modda) 6-moddasining oltinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
XXI. Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 14-aprelda qabul qilingan “Lizing toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 5, 108-modda):
1) 2-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Lizing (moliyaviy ijara) ijara munosabatlarining alohida turi boʻlib, unda bir taraf (lizing beruvchi) ikkinchi tarafning (lizing oluvchining) topshirigʻiga binoan uchinchi tarafdan (sotuvchidan) lizing shartnomasida shartlashilgan mol-mulkni (lizing obyektini) mulk qilib sotib oladi va uni shu shartnomada belgilangan shartlarda haq evaziga egalik qilish va foydalanish uchun lizing oluvchiga oʻn ikki oydan ortiq muddatga beradi. Bunda lizing shartnomasi quyidagi shartlardan biriga muvofiq boʻlishi kerak:
lizing shartnomasining muddati tugagach, lizing obyekti lizing oluvchining mulki boʻlib oʻtsa;
lizing shartnomasining muddati lizing obyekti xizmat muddatining sakson foizidan ortiq boʻlsa yoki lizing obyektining lizing shartnomasi tugaganidan keyingi qoldiq qiymati uning boshlangʻich qiymatining yigirma foizidan kam boʻlsa;
lizing shartnomasining muddati tugagach, lizing oluvchi lizing obyektini uning bozor qiymatidan past narxda evazini toʻlab sotib olish huquqiga ega boʻlsa, bunda ana shu huquqni amalga oshirish kunidagi lizing obyekti qiymati asos boʻladi;
lizing shartnomasi amal qiladigan davr uchun lizing toʻlovlarining umumiy summasi lizing obyekti qiymatining toʻqson foizidan ortiq boʻlsa”;
2) 3-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yer uchastkalari va boshqa tabiiy obyektlar, shuningdek muomaladan chiqarilgan yoki muomalada boʻlishi cheklangan boshqa mol-mulk lizing obyektlari boʻlishi mumkin emas”;
3) 4-moddasining beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Lizing obyekti lizing oluvchining krediti (qarzi) hisobidan olingan taqdirda, aniq lizing obyektiga nisbatan lizing beruvchining kreditori va lizing oluvchi bir shaxs timsolida ish koʻrishiga yoʻl qoʻyilmaydi”;
4) 5-moddasining:
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5-modda. Lizing shakllari”;
birinchi — uchinchi qismlari chiqarib tashlansin;
5) 7-moddasining:
birinchi qismidagi “Moliyaviy” degan soʻz chiqarib tashlansin;
ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;
6) 8-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Lizing faoliyati lizing beruvchi tomonidan oʻz mablagʻlari va (yoki) jalb etilgan mablagʻlar hisobidan lizing obyektining sotib olinishi va uni lizing shartnomasi boʻyicha lizing oluvchiga berilishi borasidagi investitsiya faoliyati turidir”;
7) 9-moddasining:
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Lizing shartnomasi:
shartnoma taraflaridan birining talabiga koʻra;
mol-mulk lizing obyekti hisoblanib, u haqda tuziladigan bitimlar qonunga muvofiq notarial tasdiqlanishi talab qilinadigan hollarda notarial tasdiqlanishi lozim”;
uchinchi qismi quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“sotuvchi va lizing obyektini tanlash uchun masʼul tarafning koʻrsatilishi”;
toʻrtinchi qismi ikkinchi xatboshisidagi “(moliyaviy lizingda)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
8) 11-moddasi birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qonun hujjatlarida yoki lizing shartnomasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda lizing oluvchidan lizing obyektini talab qilib olish”;
9) 12-moddasi:
birinchi qismining beshinchi va oltinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“lizing obyekti yetkazib berilmagan, toʻliq yetkazib berilmagan, yetkazib berish muddati oʻtkazib yuborilgan yoki sifati talab darajasida boʻlmagan lizing obyekti yetkazib berilgan taqdirda, agar shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, lizing toʻlovlari toʻlashni kechiktirish, yetkazib beriladigan lizing obyektidan voz kechish va lizing shartnomasining bekor qilinishini talab etish;
lizing shartnomasi muddatidan oldin bekor qilingan taqdirda, oʻzi ilgari avans sifatida toʻlagan toʻlovlarni lizing obyektidan foydalanishdan olingan foydaning qiymatini chegirib tashlagan holda, qaytarib berishni talab qilish”;
ikkinchi qismi “lizing toʻlovlari qoldigʻini” degan soʻzlardan keyin “lizing beruvchining qolgan davrda oladigan daromadini chegirib tashlagan holda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
10) 15-moddasining:
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Lizing shartnomasining amal qilish muddati tugagunga qadar barcha lizing toʻlovlari lizing beruvchining lizing shartnomasi muddati tugagunga qadar qolgan davrda oladigan daromadi chegirib tashlangan holda toʻlangan taqdirda, agar lizing shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, lizing obyektiga boʻlgan mulk huquqi lizing oluvchiga oʻtishi mumkin”;
uchinchi qismi chiqarib tashlansin;
11) 16-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Lizing oluvchi lizing beruvchining ruxsati bilan lizing shartnomasi boʻyicha oʻz huquqlaridan toʻliq yoki qisman uchinchi shaxslar foydasiga voz kechishi mumkin”;
12) 21-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Lizing beruvchi lizing oluvchining oldindan roziligini olmay turib, lizing obyektidan garov sifatida foydalanish huquqiga ega emas”;
13) 22-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Lizing toʻlovlari lizing beruvchining lizing obyektini olish uchun qilgan xarajatlarining hammasi yoki koʻp qismi, shuningdek lizing obyektini yetkazib berish va belgilangan maqsadda foydalanish uchun uni yaroqli holga keltirish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa xarajatlari lizing oluvchi tomonidan qoplanishi hamda lizing beruvchining daromadidan iborat boʻladi”;
14) 23-moddasining nomi va matnidagi “undirish” degan soʻzlar “talab qilib olish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
15) 24-moddasining:
toʻrtinchi qismi chiqarib tashlansin;
beshinchi va oltinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin.
XXII. Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustda qabul qilingan “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 210-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda):
1) 3-moddasi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“maxsus vakolatli organlar — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan vakolatlarga muvofiq giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi sohasidagi boshqaruv va nazoratni amalga oshiruvchi organlar”;
2) 12-moddasining birinchi qismidagi “giyohvandlik vositalarini nazorat qilish boʻyicha maxsus vakolatli organ (bundan buyon matnda maxsus vakolatli organ deb yuritiladi)” degan soʻzlar “maxsus vakolatli organ” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 13-dekabr,
447-II-son
O'qish oynasida ochishRangli belgilar, qaydlar, qidiruv va tanlangan matn bo'yicha test bilan.
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: “54-modda. Xalqaro hamkorlik Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (447-II-son). neolex.uz/uz/laws/law-55109/54 (lex.uz/docs/-55080)