“50-modda. Banklar, kredit uyushmalari va garovxonalar faoliyatini, shuningdek qimmatbaho qogʻozlar blankalari ishlab chiqarishni tartibga solish hamda nazorat qilish borasidagi vazifalar
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (447-II-son) · Sana: 13.12.2002 · Amalda
Markaziy bank moliya-bank tizimi barqarorligini saqlab turish, omonatchilar va kreditorlarning manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash maqsadida banklar, kredit uyushmalari va garovxonalar faoliyatini tartibga soladi hamda nazorat qiladi.
Markaziy bank banklar va kredit uyushmalarini roʻyxatga oladi, shuningdek bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar beradi, kredit uyushmalari, garovxonalar faoliyatini va qimmatbaho qogʻozlar blankalari ishlab chiqarishni litsenziyalaydi.
Banklar va kredit uyushmalarini roʻyxatga olish, shuningdek banklar, kredit uyushmalari va garovxonalarga litsenziyalar berish Markaziy bank tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Qimmatbaho qogʻozlar blankalarini ishlab chiqarishga litsenziyalar berish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Banklar va kredit uyushmalarini roʻyxatga olish, shuningdek banklar, garovxonalarga hamda qimmatbaho qogʻozlar blankalari ishlab chiqarishga litsenziyalar berish haq evaziga amalga oshiriladi.
Markaziy bank Banklarni davlat roʻyxatiga olish daftari, kredit uyushmalari, garovxonalarga hamda qimmatbaho qogʻozlar blankalari ishlab chiqarishga berilgan litsenziyalar reyestrini yuritadi. Berilgan litsenziyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar eʼlon qilinishi kerak”;
15) 51-moddasining birinchi va ikkinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Markaziy bank:
bank operatsiyalarini amalga oshirish, buxgalteriya hisobi va bank statistika hisobotini yuritish, yillik hisobotlar tuzish yuzasidan banklar uchun majburiy boʻlgan qoidalarni;
moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish, buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish yuzasidan kredit uyushmalari uchun majburiy boʻlgan qoidalarni;
faoliyat va operatsiyalarni amalga oshirish yuzasidan garovxonalar uchun majburiy boʻlgan qoidalarni belgilaydi.
Markaziy bank:
banklar, kredit uyushmalari va garovxonalarning hisoboti va boshqa hujjatlarini olish va tekshirish, ularning faoliyati, shu jumladan operatsiyalari toʻgʻrisida axborot soʻrash hamda olish;
