8-modda Maʼrifiy-tarbiyaviy ish
Nogironlar huquqlari toʻgʻrisida · Sana: 13.12.2006 · Amalda
1. Ishtirok etuvchi davlatlar quyidagilarga erishish uchun kechiktirib boʻlmaydigan, samarali va zarur choralarni koʻrish majburiyatini oladi:
a) butun jamiyatning, shu jumladan oila darajasida nogironlik masalalari boʻyicha bilimini oshirish hamda nogironlarning huquq va qadr-qimmatini hurmat qilishni mustahkamlash;
b) nogironlarga nisbatan turmushning barcha jabhalarida, shu jumladan jinsi va yoshi asosidagi aqidalar va zararli odatlar bilan kurash olib borish;
c) nogironlarning salohiyati va hissasini targʻib etish.
2. Shu maqsadda koʻrilayotgan choralar quyidagilarni qamrab oladi:
a) quyidagilarga daʼvat etilgan samarali ijtimoiy-maʼrifiy kampaniyalarni avj oldirish va olib borish:
i) nogironlar huquqlarini tan olishni oʻrgatish;
ii) nogironlar toʻgʻrisidagi ijobiy tasavvurlarni va ularning jamiyat tomonidan chuqurroq anglanishini ragʻbatlantirish;
iii) nogironlarning koʻnikmalari, qadr-qimmati va qobiliyati, shuningdek ularning ish joyi va mehnat bozoridagi hissasi eʼtirof etilishiga koʻmaklashish;
b) taʼlim tizimining barcha darajalarida, shu jumladan kichik yoshdan boshlab barcha bolalarni nogironlar huquqiga hurmat bilan munosabatda boʻlish ruhida tarbiyalash;
c) barcha ommaviy axborot vositalarida nogironlarni ushbu Konvensiya maqsadlariga mos tushadigan tarzda tasvirlashga daʼvat etish;
d) nogiron va ularning huquqlariga bagʻishlangan tarbiyaviy-tanishtirish dasturlarini ilgari surish.
