22-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining majburiyatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati toʻgʻrisida (O‘RQ-700-son) · Sana: 06.07.2021 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati qoʻriqlanadigan shaxslarning va obyektlarning xavfsizligini taʼminlash boʻyicha zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish chogʻida:
1) qoʻriqlanadigan shaxslarning xavfsizligiga tahdidlarni prognoz qilishi, aniqlashi va ularning oldini olishi;
2) qoʻriqlanadigan shaxslarning va obyektlarning xavfsizligini taʼminlashi;
3) qoʻriqlanadigan shaxslarga transport xizmati koʻrsatish chogʻida, ovqatlanish xavfsizligini, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni taʼminlash hamda qoʻriqlanadigan shaxslarning doimiy tibbiy kuzatuvi chogʻida reglamentlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishi;
4) prezident maxsus aloqa tarmogʻining tashkil etilishini va barqaror ishlashini, axborotning kriptografik himoya qilinishini, prezident maxsus aloqa tarmogʻidan foydalanish tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlari va boshqa tashkilotlari tomonidan rioya etilishi ustidan nazoratni taʼminlashi;
5) qoʻriqlanadigan shaxslarning xavfsizligini taʼminlash, qoʻriqlanadigan obyektlarni hamda prezident maxsus aloqa tarmogʻini muhofaza qilish sohasidagi davlat sirlarining saqlanishi taʼminlanishini nazorat qilishi;
6) terrorizmga qarshi kurashishda oʻz vakolatlari doirasida ishtirok etishi;
7) qoʻriqlanadigan shaxslarning avtomobil, temir yoʻl, aviatsiya, suv transporti va boshqa turdagi transportda harakatlanishi xavfsizligini taʼminlashi;
8) qoʻriqlanadigan shaxslarga xizmat koʻrsatish uchun jalb qilinadigan avtomobil transporti vositalarini faxriy mototsikl eskorti bilan taʼminlashi;
9) qoʻriqlanadigan shaxslar turgan obyektlardagi va harakatlanish yoʻnalishlaridagi huquqbuzarliklarning oldini olishi, aniqlashi va ularga barham berishi;
10) qoʻriqlanadigan shaxslarning axborot xavfsizligini va ular turgan obyektlarda kiberxavfsizlikni taʼminlashda oʻz vakolatlari doirasida ishtirok etishi, qoʻriqlanadigan shaxslarning shaʼni va qadr-qimmatiga tahdidlarning (tajovuzlarning) oldini olish hamda choralar koʻrish yuzasidan monitoringni amalga oshirishi;
11) qoʻriqlanadigan shaxslarning nufuziga putur yetkazuvchi, shaʼni va qadr-qimmatini kamsituvchi, shuningdek ijtimoiy-siyosiy faoliyatini obroʻsizlantiruvchi axborot materiallari tarqatilishini aniqlash va unga chek qoʻyish, prokuratura organlariga ushbu axborot materiallarini Oʻzbekiston Respublikasi hududida tarqatish taqiqlangan deb eʼtirof etish toʻgʻrisida arizalar bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudlariga murojaat qilishi uchun iltimosnoma kiritish;
