15-modda. Mehnat faoliyatiga doir huquq
Oʻzbekiston Respublikasida chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquqiy holati toʻgʻrisida (O‘RQ-692-son) · Sana: 04.06.2021 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining mehnat toʻgʻrisidagi qonunchiligiga muvofiq huquqlardan foydalanadi hamda ularning zimmasida majburiyatlar boʻladi.
Chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining aholi bandligi toʻgʻrisidagi qonunchiligi bilan tartibga solinadi.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq muayyan lavozimlarga tayinlanish yoki muayyan mehnat faoliyati turi bilan shugʻullanish Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansublik bilan bogʻliq boʻlsa, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ushbu lavozimlarga tayinlanishi, saylanishi yoki muayyan mehnat faoliyati turi bilan shugʻullanishi mumkin emas.
