42-modda. Ruhiy holati buzilgan shaxslar uchun moʻljallangan davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida yoki tibbiy-ijtimoiy muassasalarda turgan shaxslarning huquqlari hamda mazkur muassasalar maʼmuriyatining va xodimlarining majburiyatlari
Psixiatriya yordami toʻgʻrisida (O‘RQ-690-son) · Sana: 12.05.2021 · Amalda
Ruhiy holati buzilgan shaxslar uchun moʻljallangan davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida yoki tibbiy-ijtimoiy muassasalarda turgan shaxslar ushbu Qonunning 37-moddasida nazarda tutilgan huquqlardan foydalanadi.
Ruhiy holati buzilgan shaxslar uchun moʻljallangan davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari yoki tibbiy-ijtimoiy muassasalar maʼmuriyati va xodimlarining ushbu muassasalarda turgan shaxslarning huquqlarini roʻyobga chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratishga doir majburiyatlari ushbu Qonunning 38-moddasida, shuningdek boshqa qonunchilikda belgilanadi.
Ruhiy holati buzilgan shaxslar uchun moʻljallangan davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari yoki tibbiy-ijtimoiy muassasalar ushbu muassasalarda turgan shaxslarni bir yilda kamida bir marta tibbiy tekshiruvdan oʻtkazishi shart. Tibbiy tekshiruv ushbu shaxslarning mazkur muassasalarda bundan buyon turishi toʻgʻrisidagi, shuningdek ularning muomalaga layoqatsizligi haqidagi qarorlarni qayta koʻrib chiqish mumkinligi toʻgʻrisidagi masalani hal etish maqsadida shifokor-psixiatr ishtirokidagi tibbiy komissiya tomonidan oʻtkaziladi.
