4-modda. Shaxsiy tomorqa yer uchastkasi
Tomorqa xoʻjaligi toʻgʻrisida (O‘RQ-681-son) · Sana: 01.04.2021 · Amalda
Shaxsiy tomorqa yer uchastkasi tomorqa xoʻjaligini yuritish uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish yoxud yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish maqsadida ajratilgan yer uchastkasidir.
Tomorqa xoʻjaligini yuritish uchun:
erkin savdo va oila ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish maqsadida ushbu Qonun kuchga kirguniga qadar meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlar, oʻrmon fondi yerlari hamda aholi punktlari yerlaridan berilgan yer uchastkalaridan;
meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun berilgan yer uchastkalaridan foydalanilishi mumkin.
Meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida berilgan shaxsiy tomorqa yer uchastkalari yoki ularning bir qismi meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi saqlab qolingan holda jismoniy va yuridik shaxslarga vaqtincha foydalanish uchun topshirilishi mumkin.
Yer uchastkalarini tomorqa xoʻjaligini yuritish uchun berish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
