3-modda. Tomorqa xoʻjaligi
Tomorqa xoʻjaligi toʻgʻrisida (O‘RQ-681-son) · Sana: 01.04.2021 · Amalda
Tomorqa xoʻjaligi shaxsiy tomorqa yer uchastkalarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ham erkin savdo uchun, ham oila ehtiyojlari uchun yetishtirish (qayta ishlash) bilan bogʻliq mehnat faoliyatidir.
Tomorqa xoʻjaligi tadbirkorlik faoliyati hisoblanmaydi va tomorqa xoʻjaligini davlat roʻyxatidan oʻtkazish talab etilmaydi. Tomorqa xoʻjaligida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish (qayta ishlash) boʻyicha shaxsiy mehnati bilan ishtirok etishga asoslangan faoliyatni mustaqil ravishda amalga oshiruvchi shaxs aholi bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda oʻzini oʻzi band qilgan shaxs maqomini olishi mumkin.
Tomorqa xoʻjaligini yuritish uchun ajratilgan shaxsiy tomorqa yer uchastkasida yetishtirilgan (qayta ishlangan) qishloq xoʻjaligi mahsulotlari xususiy mulkdir.
