8-modda. Ekologik audit shakllari
Ekologik audit toʻgʻrisida (O‘RQ-678-son) · Sana: 15.03.2021 · Amalda
Ekologik audit ixtiyoriy yoki majburiy shaklda oʻtkazilishi mumkin.
Atrof-muhitga taʼsir koʻrsatish xavfi kam boʻlgan yoki unchalik koʻp boʻlmagan (lokal taʼsirga ega) ekologik audit subyektlarining faoliyatiga nisbatan ekologik audit ixtiyoriy tartibda oʻtkaziladi.
Atrof-muhitga yuqori va oʻrtacha taʼsir koʻrsatish xavfiga ega boʻlgan ekologik audit subyektlari har yilgi majburiy ekologik auditdan oʻtkazilishi lozim.
Atrof-muhitga taʼsir koʻrsatish xavfi darajasi boʻyicha faoliyat turlarining roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ixtiyoriy ekologik audit ekologik audit buyurtmachisining tashabbusiga koʻra oʻtkaziladi.
Majburiy yillik ekologik audit ekologik audit subyektining atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi butun faoliyatiga nisbatan oʻtkaziladi.
