14-modda. Ekologik auditorga qoʻyiladigan talablar
Ekologik audit toʻgʻrisida (O‘RQ-678-son) · Sana: 15.03.2021 · Amalda
Ekologik auditorga quyidagi talablar qoʻyiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligining mavjudligi;
tegishli sohaga oid oliy maʼlumotning mavjudligi;
atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida yoki turdosh sohalarda ketma-ket kamida uch yillik ish tajribasiga ega boʻlish;
ekologik auditor malaka sertifikatining mavjudligi.
Ekologik auditor arizasida koʻrsatilgan faoliyatni faqat bitta ekologik auditorlik tashkilotida amalga oshirishga haqli.
Ekologik auditorlarni tayyorlash, shuningdek ekologik auditorning malaka sertifikatini berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
