9-modda. Davlat statistikasi organlarining boshqa davlat organlari hamda yuridik shaxslar bilan oʻzaro hamkorligi
Davlat statistikasi toʻgʻrisida (441-II-son) · Sana: 12.12.2002 · Amalda
Davlat statistikasi organlari Davlat statistikasi ishlari dasturini bajarishda davlat statistikasi organlariga koʻmaklashishi shart boʻlgan boshqa davlat organlari hamda yuridik shaxslar bilan statistika ishlarini hamkorlikda bajaradi, shu jumladan idoralararo elektron hamkorlik qilishdan foydalangan holda bajaradi.
Davlat statistikasi organlari oʻzlarining vakolat doirasiga kiruvchi ayrim ishlarning boshqa davlat organlari hamda yuridik shaxslar tomonidan bajarilishiga qonunchilikda belgilangan tartibda yoʻl qoʻyadi.
Boshqa davlat organlari hamda yuridik shaxslar Davlat statistika ishlari dasturiga muvofiq davlat statistika kuzatuvlarini, shuningdek davlat statistikasi vakolatli organi bilan kelishilgan shakllarda idoraviy statistika kuzatuvlarini oʻtkazadi.
Idoraviy statistika kuzatuvlarining maʼlumotlari davlat statistikasi vakolatli organiga uning soʻroviga binoan taqdim etiladi.
