14-modda. Statistika maʼlumotlaridan foydalanish
Davlat statistikasi toʻgʻrisida (441-II-son) · Sana: 12.12.2002 · Amalda
Statistika maʼlumotlaridan davlat manfaatlarini koʻzlab va ilmiy maqsadlarda, jamoatchilikni xabardor etish, bunday maʼlumotlardan foydalanuvchilarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash uchun foydalaniladi.
Davlat statistikasi organlari yuridik shaxslardan, ularning vakolatxonalari va filiallaridan, jismoniy shaxslar, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlardan olgan birlamchi statistika maʼlumotlari faqat jamlanma statistika koʻrsatkichlarini tayyorlashda statistika maqsadlarida ishlatiladi hamda jamlanma holatda va egasi mavhumlashtirilgan tarzda eʼlon qilinadi.
Tarkibida davlat siri va tijorat sirlari boʻlgan statistika maʼlumotlari qonunchilikda belgilangan tartibda taqdim etiladi.
