13-modda. Statistika maʼlumotlarini taqdim etish
Davlat statistikasi toʻgʻrisida (441-II-son) · Sana: 12.12.2002 · Amalda
Statistika maʼlumotlari toʻliq, xolis, ishonchli boʻlishi hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, banklar, boshqa yuridik shaxslar (zarur hollarda ularning vakolatxonalari va filiallari), jismoniy shaxslar, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan davlat statistikasi vakolatli organi tasdiqlagan muddatlarda va davlat statistika kuzatuvlari shakllari boʻyicha bepul taqdim etilishi kerak.
Davlat statistika kuzatuvlarining shakllari boʻyicha statistika maʼlumotlari qonunchilikka muvofiq qogʻozda yoki elektron shaklda taqdim etilishi mumkin.
Buxgalteriya hisobi, moliyaviy va boshqa hisobotlarni tartibga soluvchi, qonunchilik bilan belgilangan normalar statistika hujjatlarini toʻldirish (statistika koʻrsatkichlari hisobi) uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
