Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida (O‘RQ-677-son) · Sana: 25.02.2021 · Amalda
Sertifikat olish uchun talabgor oliy maʼlumotga hamda oliy taʼlim tashkilotini tamomlaganidan keyin oxirgi oʻn yildan kamida uch yil buxgalteriya hisobi va audit sohasida yoki oliy taʼlim tashkilotida “Buxgalteriya hisobi” yoxud “Audit” fanidan dars berish sohasida ish stajiga (shu jumladan oʻrindoshlik asosida) ega boʻlishi kerak.
“Buxgalteriya hisobi” va “audit” ixtisosliklari boʻyicha magistr diplomiga ega boʻlgan talabgor uchun auditorlik tashkilotida kamida bir yillik ish staji (shu jumladan oʻrindoshlik asosida) talab qilinadi.
Talabgorning iqtisodiy ixtisosliklar boʻyicha ilmiy darajasi mavjud boʻlgan taqdirda, buxgalteriya hisobi va audit sohasidagi ish staji talab etilmaydi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-5307886
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 21-modda. Sertifikat olish uchun talabgorga qoʻyiladigan malaka talablari Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida (O‘RQ-677-son). neolex.uz/uz/laws/law-5307899/21 (lex.uz/docs/-5307886)