48-modda. Arbitraj muhokamasini tugatish
Xalqaro tijorat arbitraji toʻgʻrisida (O‘RQ-674-son) · Sana: 16.02.2021 · Amalda
Arbitraj muhokamasi yakuniy arbitraj hal qiluv qarorini qabul qilish yoki ushbu moddaning ikkinchi qismiga muvofiq chiqarilgan arbitraj sudining qarori bilan tugatiladi.
Arbitraj sudi quyidagi hollarda arbitraj muhokamasini tugatish toʻgʻrisida qaror chiqaradi, agar:
1) daʼvogar oʻz daʼvosini chaqirib olsa, agar javobgar muhokama tugatilishiga qarshi eʼtirozlar bildirmasa va arbitraj sudi javobgarning nizo uzil-kesil hal qilinishidan qonuniy manfaatdorligini tan olmasa;
2) taraflar muhokamani tugatish toʻgʻrisida kelishib olsa;
3) arbitraj sudi biror-bir boshqa sababga koʻra muhokamani davom ettirishni zarur emas yoki imkonsiz deb topsa.
Arbitraj sudining vakolatlari arbitraj muhokamasi tugatilishi bilan bir vaqtda tugaydi, bundan ushbu Qonun 49-moddasining va 50-moddasi toʻrtinchi qismining qoidalari qoʻllanilishiga doir vakolatlar mustasno.
