40-modda. Eshituv va yozma muhokama
Xalqaro tijorat arbitraji toʻgʻrisida (O‘RQ-674-son) · Sana: 16.02.2021 · Amalda
Taraflarning har qanday boshqa kelishuviga rioya etgan holda arbitraj sudi dalillarni taqdim etish uchun ogʻzaki eshituv yoki ogʻzaki muzokaralar oʻtkazish haqida yoxud muhokamani faqat hujjatlar va boshqa materiallar asosida amalga oshirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Biroq, agar taraflar ogʻzaki eshituvni oʻtkazmaslik toʻgʻrisida kelishib olmagan boʻlsa, arbitraj sudi istalgan tarafning iltimosiga koʻra, bunday ogʻzaki eshituvni muhokamaning tegishli bosqichida oʻtkazishi kerak.
Tovarlarni, boshqa mol-mulkni yoki hujjatlarni koʻzdan kechirish maqsadida oʻtkaziladigan arbitraj sudining har qanday eshituvi va majlisi toʻgʻrisidagi bildirishnoma taraflarga oldindan yuborilgan boʻlishi kerak.
Taraflarning biri tomonidan arbitraj sudiga taqdim etiladigan barcha arizalar, hujjatlar yoki boshqa axborot oʻzga tarafning eʼtiboriga yetkazilishi kerak. Ekspertlarning har qanday xulosalari yoki arbitraj sudi oʻz qarorini qabul qilishda asoslanishi mumkin boʻlgan dalillar hisoblanuvchi boshqa hujjatlar ham taraflarga topshirilishi kerak.
