39-modda. Daʼvo arizasi va daʼvo boʻyicha eʼtirozlar
Xalqaro tijorat arbitraji toʻgʻrisida (O‘RQ-674-son) · Sana: 16.02.2021 · Amalda
Taraflar tomonidan kelishilgan yoki arbitraj sudi tomonidan belgilangan muddat mobaynida daʼvogar oʻzining daʼvo talabini asoslovchi holatlar haqida, hal etilishi lozim boʻlgan masalalar va oʻz daʼvo talablarining mazmuni toʻgʻrisida arz qilishi kerak, javobgar esa, agar taraflar bunday arizalarning zarur qismlari borasida boshqacha shartlashmagan boʻlsa, ushbu masalalar boʻyicha oʻz eʼtirozlarini bildirishi kerak.
Taraflar oʻz arizalari bilan birga oʻzi ishga taalluqli deb hisoblaydigan barcha hujjatlarni taqdim etishi yoki oʻzi keyinchalik taqdim etadigan hujjatlarga yoki boshqa dalillarga havola qilishi mumkin.
Agar taraflar boshqacha shartlashmagan boʻlsa, arbitraj muhokamasi jarayonida istalgan taraf nizoning mohiyati boʻyicha oʻzining daʼvo talablarini yoki daʼvo boʻyicha eʼtirozlarini, agar faqat arbitraj sudi arbitraj muhokamasini kechiktirish nomaqbulligini inobatga olgan holda maqsadga muvofiq emas deb hisoblamasa, oʻzgartirishi yoki toʻldirishi mumkin.
