Xalqaro tijorat arbitraji toʻgʻrisida (O‘RQ-674-son) · Sana: 16.02.2021 · Amalda
Taraflar arbitraj muhokamasida foydalaniladigan til yoki tillar toʻgʻrisida oʻz xohishlariga koʻra kelishib olishi mumkin. Bunday kelishuv mavjud boʻlmaganda, muhokamada qoʻllanilishi kerak boʻlgan tilni yoki tillarni arbitraj sudi belgilaydi. Bunday kelishuv yoki ajrim, agar ularda boshqacha shartlashilmagan boʻlsa, tarafning har qanday yozma arizasiga, ishning har qanday eshitilishiga va har qanday arbitraj qaroriga, arbitraj sudining qaroriga yoki boshqa xabariga ham taalluqli boʻladi.
Arbitraj sudi har qanday hujjatli dalillarga ularning taraflar kelishib olgan yoki arbitraj sudi tomonidan belgilangan tildagi yoki tillardagi tarjimasi ilova qilinishi toʻgʻrisida farmoyish berishi mumkin.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-5294106
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 36-modda. Arbitraj muhokamasining tili Xalqaro tijorat arbitraji toʻgʻrisida (O‘RQ-674-son). neolex.uz/uz/laws/law-5294087/36 (lex.uz/docs/-5294106)