35-modda. Arbitraj joyi
Xalqaro tijorat arbitraji toʻgʻrisida (O‘RQ-674-son) · Sana: 16.02.2021 · Amalda
Taraflar arbitraj joyi toʻgʻrisida oʻz xohishiga koʻra kelishib olishi mumkin. Bunday kelishuv mavjud boʻlmagan taqdirda, arbitraj joyi arbitraj sudi tomonidan ish holatlarini, shu jumladan taraflar uchun qulaylik omilini inobatga olgan holda belgilanadi.
Ushbu modda birinchi qismining qoidalariga qaramay, agar taraflar boshqacha shartlashmagan boʻlsa, arbitraj sudi oʻz aʼzolari oʻrtasida maslahatlashuvlar oʻtkazish, guvohlarni, ekspertlarni yoki taraflarni eshitish yoxud tovarlarni, boshqa mol-mulkni yoki hujjatlarni koʻzdan kechirish uchun lozim deb topgan har qanday joyda yigʻilishi mumkin.
