22-modda. Arbitraj sudining taʼminlash choralarini belgilashga doir vakolatlari
Xalqaro tijorat arbitraji toʻgʻrisida (O‘RQ-674-son) · Sana: 16.02.2021 · Amalda
Agar taraflar boshqacha shartlashmagan boʻlsa, biror-bir tarafning iltimosiga koʻra arbitraj sudi taʼminlash choralarini belgilashi mumkin.
Taʼminlash chorasi, u arbitraj hal qiluv qarori shaklida yoki biror-bir boshqa shaklda belgilanganligidan qatʼi nazar, har qanday vaqtinchalik choradan iborat boʻlib, uning yordamida nizoni uzil-kesil hal qiladigan qaror qabul qilinishidan oldingi har qanday paytda arbitraj sudi u yoki bu tarafning:
1) nizo hal etilayotganda mavjud boʻlgan holatni yoki nizo hal etilguniga qadar mavjud boʻlgan holatni saqlab turishi yoki tiklashi;
2) hozirgi yoki muqarrar zararning yoki arbitrajning oʻziga yetadigan zararning oldini olish maqsadida choralar koʻrishi yoki bunday zarar yetkazishi mumkin boʻlgan choralarni koʻrishdan tiyilishi;
3) aktivlarni saqlash uchun mablagʻlarni arbitrning keyinchalik qabul qilinadigan hal qiluv qarori bu mablagʻlar hisobidan ijro etilishi mumkin boʻlishi uchun berishi;
4) ishga taalluqli boʻlishi va nizoni hal qilishda muhim ahamiyatga ega boʻlishi mumkin boʻlgan dalillarni saqlashi toʻgʻrisida farmoyish beradi.
