19-modda. Arbitrning vakolatlarini tugatish
Xalqaro tijorat arbitraji toʻgʻrisida (O‘RQ-674-son) · Sana: 16.02.2021 · Amalda
Arbitr yuridik jihatdan yoki amalda oʻz vazifalarini bajara olmay qolsa yoxud boshqa sabablarga koʻra asossiz kechikish tufayli ularni amalga oshirishga kirishmasa, agar arbitr tayinlanishni rad etsa yoki taraflar bunday tugatish borasida kelishib olsa, uning vakolatlari tugatiladi.
Ushbu asoslarning biror-biri borasida kelishmovchiliklar mavjud boʻlgan taqdirda, istalgan taraf vakolatlarning amal qilishi tugatilishi borasida qaror chiqarish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat qilishi mumkin. Sudning bunday qarori ustidan shikoyat qilinmaydi.
Ushbu moddaga yoki ushbu Qonun 18-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq arbitr tayinlanishni oʻzi rad etsa yoki uning vakolatlari tugatilishiga taraf rozilik bersa, ushbu moddada yoki ushbu Qonun 17-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan har qanday asoslardan birining tan olinishini anglatmaydi.
