9-modda. Saylov okruglarini tuzish
Saylov toʻgʻrisida (266/XXVII-son) · Sana: 04.09.2019 · Amalda
Joʻqorgʻi Kenges deputatlari saylovini oʻtkazish uchun oltmish beshta hududiy saylov okrugi tuziladi. Har bir saylov okrugidan bitta deputat saylanadi.
Joʻqorgʻi Kenges deputatlari saylovini oʻtkazish boʻyicha saylov okruglari, halq deputatlari tuman va shahar Kengashlarining taqdimnomasiga binoan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi (bundan buyon matnda Markaziy saylov komissiyasi deb yuritiladi) tomonidan tuziladi.
Joʻqorgʻi Kenges deputatlari saylovini oʻtkazish boʻyicha saylov okruglarining chegaralari tuman va shaharlarning maʼmuriy-hududiy tuzilishi inobatga olingan holda, qoida tariqasida, Qoraqalpogʻiston Respublikasining butun hududida saylovchilar soni teng holda belgilanadi.
Mahalliy Kengashlarga saylov oʻtkazish uchun oʻttiztadan koʻp boʻlmagan saylov okruglari tuziladi. Har bir saylov okrugidan bitta deputat saylanadi.
Ushbu Qonunda belgilangan normalar doirasida mahalliy Kengashlarga saylov oʻtkazish uchun saylov okruglari soni tegishli mahalliy Kengash tomonidan aholi, saylovchilar soni, hudud va boshqa mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Mahalliy Kengashlarga saylov oʻtkazish boʻyicha saylov okruglari tegishli tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan, qoida tariqasida, saylovchilar soni teng holda tuziladi. Saylov okruglarining chegaralari tumanlar va shaharlarning maʼmuriy-hududiy tuzilishi inobatga olingan holda belgilanadi.
Saylov okruglarini tuzishda saylov okruglaridagi saylovchilar sonining yoʻl qoʻyiladigan eng koʻp chetga chiqishi, qoida tariqasida, oʻn foizdan oshmasligi kerak.
Saylov okruglarining roʻyxatlari ularning chegaralari, saylovchilar soni va okrug saylov komissiyalarining joylashgan eri koʻrsatilgan holda saylovdan kamida yetmish besh kun oldin tegishli saylov komissiyasi tomonidan eʼlon qilinadi.
