65-modda. Joʻqorgʻi Kenges deputatligiga nomzodlarga qoʻyiladigan talablar
Saylov toʻgʻrisida (266/XXVII-son) · Sana: 04.09.2019 · Amalda
Joʻqorgʻi Kengesga saylanish huquqiga saylov kuni yigirma besh yoshga toʻlgan hamda kamida besh yil Oʻzbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan fuqarolar egadir.
Quyidagilar:
sodir etilgan ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoxud sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar;
saylov kuniga qadar soʻngi besh yil mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi hududida muqim yashamagan fuqarolar;
harbiy xizmatchilar, Davlat xavfsizlik xizmatining, Milliy gvardiyasining, Ichki ishlar vazirligining, Davlat bojxona qoʻmitasining, boshqa harbiylashtirilgan boʻlinmalarning xodimlari;
diniy tashkilotlar va birlashmalarning professional xizmatchilari Joʻqorgʻi Kenges deputatligiga nomzod etib roʻyxatga olinmaydi.
Sudyalar, prokuratura organlarining va ijro etuvchi hokimiyat organlarining mansabdor shaxslari (bundan tuman va shahar hokimlari mustasno) deputat etib saylangan taqdirda, egallab turgan lavozimidan boʻshash toʻgʻrisida ariza berish sharti bilan Joʻqorgʻi Kenges deputatligiga nomzod etib roʻyxatga olinadi.
