59-modda. Takroriy ovoz berishni oʻtkazish asoslari va tartibi
Saylov toʻgʻrisida (266/XXVII-son) · Sana: 04.09.2019 · Amalda
Agar Joʻqorgʻi Kenges va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovida saylov okrugi boʻyicha ikki nafardan ortiq nomzod qoʻyilgan boʻlsa-yu, ulardan hech biri saylanmasa, okrug saylov komissiyasi eng koʻp ovoz olgan ikki nafar nomzod boʻyicha okrugda takroriy ovoz berishni oʻtkazish haqida qaror qabul qiladi va bu haqda tegishli saylov komissiyasini hamda okrug saylovchilarini xabardor etadi. Takroriy ovoz berish ushbu Qonun talablariga rioya etilgan holda ikki haftalik muddatda oʻtkaziladi.
Takroriy ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning ovozini boshqa nomzodga nisbatan koʻproq olgan nomzod saylangan deb hisoblanadi.
Takroriy ovoz berishda saylovchilarning ishtirok etishi foizi hisobga olinmaydi.
