51-modda. Ovoz berish vaqti va joyi
Saylov toʻgʻrisida (266/XXVII-son) · Sana: 04.09.2019 · Amalda
Ovoz berish saylov kuni soat 8.00 dan 20.00 gacha oʻtkaziladi. Ovoz berish vaqti va joyi toʻgʻrisida uchastka saylov komissiyasi saylovchilarni saylovdan kamida oʻn kun oldin xabardor qiladi.
Sanatoriylarda, dam olish uylarida, kasalxonalar va boshqa statsionar davolash muassasalarida, harbiy qismlarda, olis va borish qiyin boʻlgan hududlardagi fuqarolar turgan joylarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan saylov uchastkalarida uchastka saylov komissiyasi, agar roʻyxatga kiritilgan barcha fuqarolar ovoz berib boʻlgan boʻlsa, ovoz berish tugaganligini istalgan vaqtda eʼlon qilishi mumkin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida joylashgan saylov uchastkalarida saylov qutilarini soat 20.00 dan oldin ochish va ovozlarni sanab chiqishga yoʻl qoʻyilmaydi.
