50-modda. Uchastka saylov komissiyalari joylashgan binolarni, xonalarni va ovoz berish xonalarini jihozlashga doir talablar
Saylov toʻgʻrisida (266/XXVII-son) · Sana: 04.09.2019 · Amalda
Uchastka saylov komissiyalari joylashgan binolar tegishli tarzda jihozlanishi va quyidagilarga ega boʻlishi kerak:
Oʻzbekiston Respublikasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasining Davlat bayroqlari (binoning ustida va ichida);
Oʻzbekiston Respublikasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasining Davlat gerblari (binoning ichida);
saylov uchastkasining tartib raqami koʻrsatilgan peshlavha;
yashirin ovoz berish kabinalari yoki xonalari;
zarurat boʻlsa, jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar uchun maxsus jihozlangan yashirin ovoz berish kabinalari;
kuzatuvchilar uchun alohida joylar;
saylov sanasiga bagʻishlangan plakatlar;
saylov uchastkasining xaritasi;
uchastka saylov komissiyasi aʼzolarining tarkibi, ish rejasi, navbatchiliklar jadvali haqidagi axborot;
saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga taalluqli maʼlumotlar joylashtiriladigan maxsus stend;
barcha roʻyxatga olingan nomzodlarning Markaziy saylov komissiyasi, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan nashr qilingan tarjimai holi va dasturi;
zarur mebel, ofis texnika vositalari (telefon, printer, Internet jahon axborot tarmogʻiga ulangan va Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimiga kirish imkoniyatiga ega boʻlgan kompyuterlar, seyf, kanselyariya tovarlari);
yongʻinga qarshi vositalar.
Ovoz berish xonalari yorugʻ va keng boʻlishi, alohida kirish va chiqish joyi boʻlishi, shuningdek ularda jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar uchun nishab yoʻlkalar nazarda tutilgan boʻlishi lozim.
