19-modda. Tuman va shahar saylov komissiyalarini tuzish
Saylov toʻgʻrisida (266/XXVII-son) · Sana: 04.09.2019 · Amalda
Mahalliy Kengashlarga saylovni tashkil etish va oʻtkazish uchun:
xalq deputatlari tuman Kengashiga saylov oʻtkazish boʻyicha tuman saylov komissiyasi;
xalq deputatlari shahar Kengashiga saylov oʻtkazish boʻyicha shahar saylov komissiyasi tuziladi.
Tuman, shahar saylov komissiyalari tegishli mahalliy Kengashlar tomonidan saylovga kamida sakson kun qolganida yetti — oʻn besh nafar komissiya aʼzosidan iborat tarkibda tuziladi xamda oʻz vakolatlarini keyingi saylov kampaniyasi boshlanganligi eʼlon qilinguniga qadar amalga oshiradi.
Tuman, shahar saylov komissiyalarining raislari ushbu komissiya aʼzolari orasidan saylov komissiyasi majlisida tegishli mahalliy Kengashning taqdimnomasiga binoan saylanadi.
Komissiya raisining oʻrinbosari va komissiya kotibi komissiya majlisida uning aʼzolari orasidan saylanadi. Tuman, shahar saylov komissiyalari rasmiy veb-saytlarida va matbuot nashrlarida oʻz tarkibi, manzili va komissiyaning telefon raqamlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qiladi.
