15-modda. Bosh vazir
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgarishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (524-II-son) · Sana: 29.08.2003 · Amalda
Bosh vazir:
1) Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi, uning samarali ishlashi uchun shaxsan javobgar boʻladi;
2) Vazirlar Mahkamasining majlislarida raislik qiladi, uning qarorlarini imzolaydi;
3) xalqaro munosabatlarda Vazirlar Mahkamasi nomidan ish koʻradi hamda hukumatlararo shartnomalar va bitimlarni imzolaydi;
4) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Bosh vazirning oʻrinbosarlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
5) davlat va xoʻjalik boshqaruvining Vazirlar Mahkamasi majlisida koʻrib chiqish talab etilmaydigan masalalari boʻyicha qarorlar qabul qiladi;
6) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga viloyatlar hokimlarini va Toshkent shahar hokimini tayinlash hamda lavozimidan ozod etish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritadi;
7) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajaradi.
Bosh vazir oʻz vakolatlariga kiruvchi masalalar yuzasidan farmoyishlar chiqaradi.
Bosh vazir Vazirlar Mahkamasining ishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga muntazam ravishda axborot berib boradi.
Bosh vazir yoʻqligida uning vazifasini Bosh vazir oʻrinbosarlaridan biri bajaradi.
