14-modda. Faqat Vazirlar Mahkamasining majlislarida hal etiladigan masalalar
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgarishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (524-II-son) · Sana: 29.08.2003 · Amalda
Quyidagilar faqat Vazirlar Mahkamasining majlislarida koʻrib chiqiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetini ishlab chiqish va ijro etish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tasarrufidagi aniq maqsadli davlat fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish masalalari;
boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish masalalari, Oʻzbekiston Respublikasini va uning ayrim mintaqalarini iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy rivojlantirish dasturlari loyihalari;
davlat qimmatli qogʻozlarini chiqarish hajmi hamda Oʻzbekiston Respublikasining davlat ichki va tashqi qarzi koʻlamini oshirish toʻgʻrisidagi takliflar;
soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar stavkalarini belgilash hamda oʻzgartirish toʻgʻrisidagi takliflar;
davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish dasturlarining loyihalari hamda xususiylashtirishdan olingan mablagʻlardan foydalanishning asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisidagi takliflar;
belgilab qoʻyilgan davlat narxlari qoʻllaniladigan mahsulotlar, tovarlar va xizmatlar roʻyxati;
qonunchilik tashabbusi tartibida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritiladigan qonunlar loyihalari;
davlatlararo shartnomalar va bitimlarni imzolash toʻgʻrisidagi takliflar.
