“305-modda. Ajrim, qaror ustidan berilgan kassatsiya shikoyati (protesti)
Sud qarorlarini qayta koʻrish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-663-son) · Sana: 12.01.2021 · Amalda
Sudning ajrimi ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda kassatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Apellatsiya instansiyasi sudida koʻrilgan ajrim, qaror ustidan ushbu Kodeksda belgilangan qoidalar boʻyicha berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) ushbu bobda kassatsiya shikoyatlarini (protestlarini) koʻrish uchun nazarda tutilgan tartibda kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan koʻriladi.
Kassatsiya instansiyasi sudi apellatsiya instansiyasi sudida koʻrilgan ajrim, qaror, apellatsiya instansiyasi sudining ajrimi ustidan berilgan shikoyatni (protestni) koʻrish natijalari boʻyicha quyidagilarga haqli:
1) birinchi instansiya sudining ajrimini, qarorini, apellatsiya instansiyasi sudining qarorini oʻzgarishsiz, kassatsiya shikoyatini (protestini) esa qanoatlantirmasdan qoldirishga;
2) birinchi instansiya sudining ajrimini, qarorini, apellatsiya instansiyasi sudining qarorini oʻzgartirishga yoki bekor qilishga yoxud ilgari qabul qilingan sud hujjatlaridan birini oʻz kuchida qoldirishga;
3) daʼvo arizasini qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi, daʼvo arizasini qaytarish, daʼvo arizasini koʻrmasdan qoldirish, ish yuritishni tugatish, ish yuritishni toʻxtatib turish haqidagi ajrimni, ularni oʻz kuchida qoldirish toʻgʻrisidagi apellatsiya instansiyasi sudi qarorini bekor qilishga va daʼvo arizasini, ishni koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishga;
4) apellatsiya instansiyasi sudining apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi, apellatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisidagi, apellatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldirish, apellatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni tugatish, apellatsiya instansiyasi sudida ish yuritishni toʻxtatib turish haqidagi ajrimni bekor qilishga va apellatsiya shikoyatini (protestini), ishni koʻrish uchun apellatsiya instansiyasi sudiga yuborishga”;
51) quyidagi mazmundagi 3051-modda bilan toʻldirilsin:
