“2941-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) sud muhokamasida koʻrib chiqish uchun tayinlash va ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilish
Sud qarorlarini qayta koʻrish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-663-son) · Sana: 12.01.2021 · Amalda
Kassatsiya shikoyatini (protestini) sud muhokamasida koʻrib chiqish uchun tayinlash toʻgʻrisidagi masala ish sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay hal qilinadi.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) sud muhokamasida koʻrib chiqish uchun tayinlash toʻgʻrisidagi ajrimda sud majlisini oʻtkazish vaqti va joyi koʻrsatiladi.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) sud muhokamasida koʻrib chiqish uchun tayinlash toʻgʻrisidagi ajrimning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ajrim chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay, ushbu Kodeksning 197-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi”;
41) 295-modda:
uchinchi qismi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;
42) 296-modda:
birinchi qismining:
1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1) kassatsiya shikoyati (protesti) apellatsiya tartibida koʻrilmagan yoki ushbu Kodeksga muvofiq kassatsiya tartibida shikoyat qilinmaydigan (protest keltirilmaydigan) sud hujjati ustidan berilgan va u kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan xatoga yoʻl qoʻyilib, ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa”;
4-bandidagi “va voz kechish kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan qabul qilingan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi qismi chiqarib tashlansin;
beshinchi qismi toʻrtinchi qism deb hisoblansin;
43) 297-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kassatsiya instansiyasi sudi ishni sud majlisida koʻradi.
Kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha birinchi sud majlisi kassatsiya shikoyatini (protestini) sud muhokamasida koʻrib chiqish uchun tayinlash toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran yigirma kundan kechiktirmay oʻtkazilishi kerak.
Kassatsiya instansiyasi sudida: ishlarni bitta ish yuritishga birlashtirish toʻgʻrisidagi; daʼvoning predmetini yoki asosini, daʼvo talablarining miqdorini oʻzgartirish haqidagi; qarshi daʼvo taqdim etish toʻgʻrisidagi; ishda ishtirok etishga uchinchi shaxslarni jalb qilish haqidagi qoidalar, shuningdek ushbu Kodeksda faqat birinchi instansiya sudida ishni koʻrish uchun belgilangan boshqa qoidalar qoʻllanilmaydi.
