“242-modda. Ishni kassatsiya instansiyasi sudida koʻrish muddatlari
Sud qarorlarini qayta koʻrish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-662-son) · Sana: 12.01.2021 · Amalda
Birinchi instansiya sudida qabul qilingan hal qiluv qarori, apellatsiya instansiyasi sudining qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan ishni sud muhokamasiga tayinlash toʻgʻrisidagi ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran bir oydan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqiladi.
Alohida hollarda, kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqish muddati ishni koʻrib chiqayotgan sudlov hayʼati tomonidan koʻpi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin”;
43) 243-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish natijalari boʻyicha quyidagilarga haqli:
1) hal qiluv qarori, qarorni oʻzgarishsiz, kassatsiya shikoyatini (protestini) esa qanoatlantirmasdan qoldirishga;
2) hal qiluv qarori, qarorni toʻliq yoki qisman bekor qilishga va ishni yangidan koʻrish uchun yubormasdan yangi qaror qabul qilishga;
3) hal qiluv qarorini, qarorni oʻzgartirishga;
4) hal qiluv qarorini, qarorni toʻliq yoki qisman bekor qilishga va ish yuritishni tugatishga yoxud arizani (shikoyatni) toʻliq yoki qisman koʻrmasdan qoldirishga;
5) ushbu Kodeks 244-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan asos mavjud boʻlgan taqdirda, hal qiluv qarorini, qarorni bekor qilishga va ishni yangidan koʻrish uchun yuborishga;
6) sud hujjatlarining baʼzilarini bekor qilishga va ish boʻyicha ilgari qabul qilingan sud hujjatlardan birini oʻz kuchida qoldirishga”;
44) 244-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
