“236-modda. Sud hujjatlarining ijrosini toʻxtatib turish
Sud qarorlarini qayta koʻrish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-662-son) · Sana: 12.01.2021 · Amalda
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga koʻra, kassatsiya instansiyasi sudi (sudya) birinchi instansiya sudida qabul qilingan hal qiluv qarori, apellatsiya instansiya sudi qarori ijrosini kassatsiya instansiyasida ish yuritish tamomlanguniga qadar toʻxtatib turishga haqli.
Sud hujjatining ijrosini toʻxtatib turish toʻgʻrisida yoki uning ijrosini toʻxtatib turishni rad etish haqida sudya kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrsatadi”;
38) 237-moddaning:
uchinchi qismi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;
39) 238-modda:
birinchi qismining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1) kassatsiya shikoyati (protesti) apellatsiya tartibida koʻrilmagan yoki ushbu Kodeksga muvofiq kassatsiya tartibida shikoyat qilinmaydigan (protest keltirilmaydigan) sud hujjati ustidan berilgan va u kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan xatoga yoʻl qoʻyilib, ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa”;
toʻrtinchi qismi chiqarib tashlansin;
beshinchi qismi toʻrtinchi qism deb hisoblansin;
40) 239-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Raislik qiluvchi sud majlisini ochadi va kimning shikoyati (protesti) boʻyicha hamda qaysi sudning hal qiluv qarori ustidan qanday ish koʻrilishini eʼlon qiladi.
Raislik qiluvchi ishda ishtirok etuvchi shaxslardan qay biri sud majlisiga kelmaganligini, ularning kelmaganlik sabablari toʻgʻrisida qanday maʼlumotlar borligini, kelganlarning shaxsini aniqlaydi, shuningdek mansabdor shaxslar va vakillarning vakolatlarini tekshiradi.
Raislik qiluvchi sud tarkibini eʼlon qiladi, sud majlisi kotibi, prokuror, ekspert, mutaxassis, tarjimon sifatida kimlar ishtirok etayotganligini eʼlon qiladi va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga rad qilishga doir huquqlarini tushuntiradi.
Rad qilish toʻgʻrisidagi ariza ushbu Kodeksning 4-bobida belgilangan tartibda hal etiladi.
Raislik qiluvchi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ularning protsessual huquqlari va majburiyatlarini tushuntiradi.
