3991-modda. Sud hujjatini bekor qilish yoki oʻzgartirish asoslari
Sud qarorlarini qayta koʻrish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-661-son) · Sana: 12.01.2021 · Amalda
Sud hujjatini apellatsiya tartibida bekor qilishga yoki oʻzgartirishga quyidagilar asos boʻladi:
1) ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlar toʻliq aniqlanmaganligi;
2) sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarning isbotlanmaganligi;
3) sudning hal qiluv qarorida bayon etilgan xulosalarning ish holatlariga muvofiq kelmasligi;
4) moddiy huquq normalarining yoki protsessual huquq normalarining buzilganligi yoki notoʻgʻri qoʻllanilganligi.
Sudning mazmunan toʻgʻri boʻlgan hal qiluv qarori, ajrimi, qarori faqat rasmiy asoslarga koʻra bekor qilinishi mumkin emas.
