399-modda. Apellatsiya instansiyasi sudining vakolatlari
Sud qarorlarini qayta koʻrish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-661-son) · Sana: 12.01.2021 · Amalda
Sud ishni apellatsiya tartibida koʻrib chiqqach, oʻz ajrimi bilan:
1) hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirishga, shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirmaslikka;
2) ishni yangidan koʻrish uchun yubormasdan hal qiluv qarorini oʻzgartirishga yoki hal qiluv qarorini butunlay yoki qisman bekor qilishga va yangi hal qiluv qarori chiqarishga;
3) hal qiluv qarorini qisman yoki butunlay bekor qilishga hamda ushbu Kodeksning 122 va 124-moddalarida koʻrsatilgan asoslarga koʻra arizani koʻrmasdan qoldirishga yoxud ish yuritishni tugatishga;
4) ushbu Kodeks 3993-moddasi ikkinchi qismining 2 va 4-bandlarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda hal qiluv qarorini bekor qilishga va ishni yangidan koʻrish uchun yuborishga haqli.
Sud xarajatlarini taqsimlash toʻgʻrisidagi masala hal qilinmaganligi yoki notoʻgʻri hal qilinganligi sudning hal qiluv qarorini bekor qilish yoki oʻzgartirish uchun asos boʻlmaydi. Bunday holda, ajrimning xulosa qismida sud xarajatlari ushbu Kodeksning 138 — 141-moddalarida nazarda tutilgan tartibda taqsimlanishi koʻrsatiladi.
