42-modda. Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilari (xodimlari) tomonidan xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida transport vositalaridan foydalanish tartibi
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi toʻgʻrisida (O‘RQ-647-son) · Sana: 18.11.2020 · Amalda
Milliy gvardiya maxsus avtotransport vositalari, shu jumladan Milliy gvardiyaga tegishlilikni bildiruvchi maxsus yorugʻlik va tovushli signallarga, rangdor boʻyoqli grafika sxemalariga ega boʻlgan maxsus avtotransport vositalari, shuningdek boshqa maxsus vositalar bilan taʼminlanadi.
Xizmat safariga yuboriladigan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilariga (xodimlariga) safar guvohnomasi koʻrsatilganidan keyin transportning barcha turlariga yoʻl hujjatlarini navbatsiz olish huquqi beriladi.
Shaxsiy transportdan xizmat maqsadlari uchun (xizmat safarlaridan tashqari) foydalanadigan Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilariga (xodimlariga) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda va miqdorlarda pullik kompensatsiya toʻlanadi.
