41-modda. Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilariga (xodimlariga) va ularning oilalariga ijtimoiy yordam koʻrsatish
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi toʻgʻrisida (O‘RQ-647-son) · Sana: 18.11.2020 · Amalda
Milliy gvardiyaning jangovar harakatlarda bevosita ishtirok etgan harbiy xizmatchilariga (xodimlariga), shuningdek jangovar harakatlar chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning (xodimlarning) oila aʼzolariga nisbatan tegishincha urush qatnashchilari va ularning oila aʼzolari uchun belgilangan imtiyozlar tatbiq etiladi.
Milliy gvardiya qoʻmondoni xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohatlari olgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilariga (xodimlariga), shuningdek halok boʻlganlarning oilalariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilangan tartibda va miqdorlarda bir martalik nafaqalar tayinlashga haqli.
Qonunchilik hujjatlarida xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida halok boʻlgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining (xodimlarining) farzandlariga ularni Milliy gvardiyaga harbiy xizmatga (xizmatga) qabul qilishda hamda Oʻzbekiston Respublikasining oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishda imtiyozlar berilishi mumkin.
