34-modda. Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilarini (xodimlarini) ijtimoiy himoya qilish
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi toʻgʻrisida (O‘RQ-647-son) · Sana: 18.11.2020 · Amalda
Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilarini (xodimlarini) ijtimoiy himoya qilish quyidagilar orqali taʼminlanadi:
sogʻligʻini saqlash;
pul taʼminotini toʻlash;
uy-joy maydoni bilan taʼminlash;
mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash;
xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida transport vositalaridan imtiyozli foydalanish;
davlat pensiya taʼminoti;
davlat sugʻurtasi;
ijtimoiy yordam koʻrsatish.
Qonunchilik hujjatlarida Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilarini (xodimlarini) ijtimoiy himoya qilishning boshqa chora-tadbirlari ham nazarda tutilishi mumkin.
