9-modda. Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari va muassasalari
Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisida (O‘RQ-649-son) · Sana: 24.11.2020 · Amalda
Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari va muassasalari quyidagilardan iborat:
tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar va sud;
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining, Adliya vazirligining, Sogʻliqni saqlash vazirligining sud-ekspertiza muassasalari (bundan buyon matnda sud-ekspertiza muassasalari deb yuritiladi).
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish sohasidagi vakolatli davlat organidir.
