8-modda. Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olishni amalga oshirishda oshkor etmaslik prinsipiga rioya etish
Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisida (O‘RQ-649-son) · Sana: 24.11.2020 · Amalda
Genomga oid axborot, shuningdek genom boʻyicha davlat roʻyxatidan oʻtkazilayotgan odamning shaxsi haqidagi maʼlumotlar maxfiydir.
Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olishni amalga oshirishda genomga oid axborot, shuningdek odamning shaxsi haqidagi maʼlumotlarni shaxsning yoki uning qonuniy vakilining roziligisiz oshkor qilishga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida belgilangan hollar mustasno.
Genomga oid axborotni, shuningdek odamning shaxsi haqidagi maʼlumotlarni shaxsning yoki uning qonuniy vakilining roziligisiz taqdim etishga tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar va sudning soʻrovlariga binoan yoʻl qoʻyiladi.
