16-modda. Genom boʻyicha ixtiyoriy ravishda davlat roʻyxatiga olishni amalga oshirish
Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisida (O‘RQ-649-son) · Sana: 24.11.2020 · Amalda
Genom boʻyicha ixtiyoriy ravishda davlat roʻyxatiga olish Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining, chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning yozma arizasiga koʻra pulli asosda amalga oshiriladi.
Voyaga yetmaganlarni hamda sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslarni genom boʻyicha ixtiyoriy ravishda davlat roʻyxatiga olish ular qonuniy vakillarining yozma arizasiga koʻra amalga oshiriladi.
Genom boʻyicha ixtiyoriy ravishda davlat roʻyxatiga olishni amalga oshirganlik uchun haq toʻlash tartibi va miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Genom boʻyicha ixtiyoriy ravishda davlat roʻyxatiga olishni amalga oshirish natijasida kelib tushgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga yoʻnaltiriladi.
Bedarak yoʻqolgan shaxslarni qidirishga koʻmaklashish maqsadida ularning biologik qarindoshlari bepul asosda genom boʻyicha ixtiyoriy ravishda davlat roʻyxatiga olishdan oʻtishi mumkin.
